Torogʻiz baqalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torogʻiz baqalar (Brevicipitidae) — dumsiz suvda va kuruklikda yashovchilar turkumiga mansub hayvonlar oilasi. 260 turi bor. Daraxt ustida, yerda, tuproqni kovlab yashovchi turlari mavjud. Tashqi koʻrinishi va tuzilishi juda xilmaxil. Tanasining uz., odatda, 2—4 sm, ayrim turlariniki 10 sm dan ortiq. Urgʻochisi nisbatan yirik. Torogʻiz baqalar ning ogʻzi tor (nomi shundan). Tungi hayvon. Hasharotlar, asosan, chumolilar va termitlar bilan oziqlanadi. Suv havzalarida koʻpayadi. Koʻpayish davrida baland ovoz bilan sayraydi. Quruqlik muhitiga moslashuv natijasida ayrim Torogʻiz baqalar rivojlanishida itbaliqdavri yoʻqolgan. Janubi Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Janubiy Afrika, Madagaskar va Amerikaning tropik kismida tarqalgan.