Tormoz nurlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tormoz nurlanish - zaryadlangan zarralarning elektr maydonida yoyilishi jarayonida ularning kinetik energiyasini elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanishi. Tormoz nurlanish zarralarni (elektron, proton va boshqalar) moddalardan oʻtish jarayonida, kosmik fazoda yukrri energiyali zarralarni oʻzaro toʻqnashuvlarida, elektr va magnit maydonlaridagi xarakatida va boshqa jarayonlarda hosil boʻladi.

Tormoz nurlanish jadalligi (intensivligi) hajm birligidagi atomlar soniga, zarra tezlanishi kvadratiga, modda yadrosi zaryadi kvadratiga toʻgʻri, zarraning tinch holatdagi massasi kvadratiga teskari proporsional. Shuning uchun bu jarayon yengil zarralarning katta elektr zaryadli atom yadrolari maydonida tormozlanish uchun oʻrinli. Mac, elektronning Tormoz nurlanish i protonnikidan mln. martalab kuchli boʻladi (proton massasi 1836 elektron massasiga teng). Tormoz nurlanish olishda ogʻir yadroli moddalar (R, Ai, Pt, W va boshqalar) qoʻllaniladi.

Rentgen trubkasidan chiqadigan rentgen nurlari, elementar zarralar yemirilishida hosil boʻladigan ukvantlar, shuningdek, zaryadlangan zarralar tezlatkichning magnit maydonida harakatlanganida ular chikargan fotonlar Tormoz nurlanishga misol boʻla oladi. Zarralar tezligi yoruglik tezligiga yaqinlashganda Tormoz nurlanish jadalligi keskin oshadi; bu zarralarga yuqori energiyani berishni qiyinlashtiradi. Tormoz nurlanish Yerning magnit maydonida harakatlanayotgan kosmik zarralarning energiyasini kamaytiradi.

Tormoz nurlanish spektri uzluksiz. Past chastotali Tormoz nurlanish intensivligi modda yadrosi zaryadiga va elektronlarning boshlangich energiyasiga deyarli bogʻliq emas. Tormoz nurlanish spektral zichligi, chastotaning qiymati shqts2/k boʻlganda keskin nolga intiladi. Tormoz nurlanish intensivligining burchaklar boʻyicha taqsimlanishi, v q ^jr~ va 0° orasida taqsimlangan boʻladi. Amaliyotda Tormoz nurlanishning ultrabinafsha, rentgen spektrlari keng qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Sokolov A. A., Ternov I. M., Relyativistskiy elektron, M., 1974; Berestetskiy V. B., Lifshits Ye. M., Pitayevskiy L. P., Kvantovaya elektrodinamika, M., 1990.