Toriy rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toriy rudalari - tarkibidagi Th sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq birikma va konsentratsiyalarda boʻlgan tabiiy mineral hosilalarning shartli nomi. Th ning xususiy konlari nomaʼlum: odatda, polimetall rudalar majmuidan Nb, Ta, Zr, U, kamyob yer elementlari va boshqalar bilan birgalikda yoʻlyoʻlakay qazib olinadi. Bunday rudalarda Th ning miqdori 0,01 dan 0,1% gacha boʻladi. Ularning barchasi ishqorli magmatik jinslar bilan aloqador. Asosiy minerallari: monatsit (ThO2 28% gacha), torit (ThO2 77% gacha), torianit [(Th,U)O2 45—93%]. Toriyli konlarning genetik tiplari orasida endogen va ekzogen konlar farq qilinadi. Endogen konlar guruhida pegmatit (Bankroft — Kanada), karbonatit (MauntinPassKaliforniya), gidrotermal (Stinkampskraal — JAR), albitit, skarn va magmatik konlar maʼlum. Ekzogen konlar turly (ellyuvial, allyuvial, zamonaviy va koʻmilgan dengizqirgʻoq — boʻyi) monatsitli sochmalardan tashkil topgan. Ular toriyning asosiy manbasi hisoblanadi. Yirik dengizqirgʻoqboʻyi sochmalar Hindistonda va Braziliyada maʼlum.