Torevtika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torevtika (yunoncha: toreutikos — metallga sanʼatkorona ishlangan relyef; toreuo — oʻyaman soʻzidan) — badiiy metall buyumlarga qoʻlda relyef hosil qilib ishlov berish sanʼati. Buyumlarga koʻpincha kandakori yoki bosma usulda ishlov berish T. nomi bilan ataladi. Baʼzan "T." atamasi orqali quyma buyumlarni pardozlash ham ifodalanadi (yana qarang Rixtagarlik).