Toqi boʻston
Qiyofa
Toqi boʻston — Sosoniylar davri Eron meʼmorlik sanʼati yodgorligi (4—5-asrlar). Shoxlarning ov qoʻrgʻoni, chorbogʻi. Kermonshah (hozirgi Baxtaran)dan 5 km shim. sharqda joylashgan. 2 ravoqli qoya. Kichik ravoq (tarhi 5,8x3,6 m) ni Shopur III (383388), Katta ravoq (tarhi 7,94x6,79 m) ni esa Poroz (457—483) yoki Xisrav II (590—628) qurdirgan. Ravoqlardagi boʻrtma tasvirlarda haykalchalar, toʻngʻiz va bugʻu ovi tasviri hamda yozuvlar saqlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |