Topografik shartli belgilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Topografik shartli belgilar — plan va xaritalarda joy obyekti va ular toʻgʻrisidagi tafsilotlarni grafik tasvirlash tizimi; ular yordamida obyekt va tafsilotlarning oʻrni, sifati hamda soniy tavsiflari koʻrsatiladi.

Topografik shartli belgilar bir nechta asosiy turlarga boʻlinadi. Oʻz oʻlchamlari boʻyicha plan masshtabida haqiqiy nisbatlari saqlangan holda tasvirlanishi mumkin boʻlgan obyektlar masshtabli shartli belgilar bilan beriladi; plan masshtabida tashqi koʻrinishi (konturi)ni tasvirlash imkoni boʻlmagan yoki tasvirlaganda ham kichkinaligidan nuktaga aylanib ketadigan obyektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan beriladi. Bu belgilar obyektlar oʻrnashgan joyni, ularning sifat va soniy tavsifini koʻrsatish imkonini beradi. Bunda obyektlar oʻrnashgan joy shartli belgining bironbir nuqtasi bilan koʻrsatiladi; chiziqyai obyektlar — daryolar, yoʻllar, aloke simlari, chegaralar va h.k. chizikli shartli belgilar bilan koʻrsatiladi. Bu belgilar obyektlarning oʻrnini, ularning boʻylama oʻqi boʻyicha koʻrsatish imkonini beradi.

Biror obyekt plani uning vazifasi va masshtabiga qarab, masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, yirik masshtabli topografik planlarda hamma aholi yashaydigan joylar masshtabli belgilar bilan koʻrsatiladi. Mayda masshtabli xaritalarda esa ular, odatda, masshtabsiz belgi — punson bilan koʻrsatiladi. Topografik shartli belgilarb. tuziladigan xaritani maqsad mazmuniga qarab ishlab chiqiladi.