Tonik sheʼr tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tonik sheʼr tizimi (yun. tonos — urgʻu) — misralardagi urgʻu miqdori bilan oʻlchanadigan sheʼr tuzilishi, unda urgʻusiz soʻzlar miqdori ixtiyoriy boʻladi. Tonik sheʼr tizimit. ham sillabik sheʼr tizimi kabi eng oddiy sheʼr shakllaridan hisoblanadi. Sillabik sheʼr tizimi qoʻshiqbop va kuybop sheʼrlarda qoʻllansa, Tonik sheʼr tizimit. turli xalklarning nasriy shakllarida, koʻproq maqol, matal, topishmoklar va boshqalarda ishlatiladi. Tonik sheʼr nasrga yaqin boʻladi, u, odatda, alliteratsiyali, qofiyadosh misralar uygʻunligini ajratib koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Qofiyalanmagan Tonik sheʼr tizimit. qofiyalangan tonik sheʼrlardan keskin farkdanadi, yaʼni u misralararo urgʻularning bir xilligiga qatʼiy amal qiladi. Agar urgʻuli boʻgʻinlar bilan urgʻusizlari maʼlum tartibda kelsa, Tonik sheʼr tizimit. bilan sillabiktonik sheʼr oʻrtasidagi oraliqsheʼr shakli vujudga keladi. Bunda sheʼriy oʻlchov ham ishtirok etadi. Hozirda rus sheʼriyatida Tonik sheʼr tizimit. ham, sillabiktonik sheʼrlar ham baravar yaratilmoqda. Rus shoirlarining oʻzbekcha tarjima qilingan asarlarida Tonik sheʼr tizimit. qoidalariga rioya kilinadi.