Tombili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tombili (2016-yil 1-avgust, Istanbul, Turkiya) — Istanbulda yashagan koʻcha mushugi. U piyodalar yoʻlagida yonboshlagani aks etgan fotosurati bilan dunyo miqyosida shuhrat qozondi[1]. Istanbul shahar hokimiyati uning xotirasini haykal oʻrnatish orqali saqlashga qaror qildi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tombili (turkcha toʻyib ovqatlangan uy hayvonining umumiy nomi[2]) Istanbul shahrining Kadikoʻy tumanidagi Ziverbey mahallasida (semte) yashagan koʻcha mushugi edi. Mushuk doʻstona munosabati va zinapoyaga suyanib turishni odat qilgani bilan mahalliy aholining suyukli hayvoniga aylangandi. Tombilining yoʻl chetidagi toʻsiqqa yalqovlik bilan suyanib turgani aks etgan surati internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalib, dunyoga mashhur boʻlib ketdi[3]. Shundan soʻng, u Kadikoʻy hududida kult maqomiga ega boʻldi. 2016-yilda Tombili ogʻir kasal boʻlib qoldi va oxir-oqibat avgust oyining boshida vafot etdi[4].

Yodgorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tombilining oʻlimidan soʻng uni abadiylashtirishga chaqiruvchi petitsiya oʻtkazildi va 17 000 ga yaqin imzo toʻplandi. Kadikoʻy munitsipaliteti rahbari Aykurt Nuhogʻlu uning xotirasini hurmat qilishga rasman rozi boʻldi. Mahalliy haykaltarosh Seval Shahin mushukning jahon miqyosida shuhrat qozongan suyanib turishini aks ettirgan haykal yasadi. U 2016-yil 4-oktabrda Butunjahon yovvoyi tabiat kunida ochildi[5]. Ochilish marosimida yuzlab odamlar ishtirok etdi va Turkiya televideniyesi orqali namoyish etilgan tadbirda Kadikoʻy rahbari oʻrinbosari Bashar Nejipogʻlu nutq soʻzladi[6].

Oradan bir oy oʻtib, Tombilining haykali gʻoyib boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan suratda yodgorlik oʻz joyidan gʻoyib boʻlgani, ortda faqat mis plastinka qolgani koʻrinib turardi[7]. 2016-yil 8-noyabr kuni Kadikoʻy shahar hokimiyati oʻgʻirlik sodir etilganini rasman eʼlon qildi. Bu esa Turkiya va xorijda ham xavotir uygʻotdi. „Ular Tombili haykalini oʻgʻirlab ketishdi. Ular barcha goʻzallik dushmani. Ular faqat nafrat, koʻz yoshlar va urushni biladilar“, degan edi turkiyalik deputat Tuncay Oʻzkan[8]. Biroq, ikki kundan keyin haykal topilib, oʻz joyiga qaytarildi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „NewsArts & LifeAugust 10 2016 15:15:00 Istanbul’s phenomenal cat Tombili dies“. Hurriyet Daily News (2016-yil 10-avgust).
  2. McKernan, Bethan „Tombili: Istanbul cat and internet meme honoured with statue“ (en). The Independent (1 октября 2016). Qaraldi: 31 июля 2021.
  3. „Istanbul’s Most Famous Cat Honored With Its Own Statue At Its Favorite Spot“. Bored Panda (6 октября 2017). Qaraldi: 31 июля 2021.
  4. „Lazy in life, lazing in death: Tombili the fat cat gets a statue“ (en). The Miami Herald (6 октября 2016). Qaraldi: 31 июля 2021.
  5. „Gaze Upon the Visage of This Beautiful and Haunting Cat Statue“ (en). New York Magazine. New York Media, LLC (10 октября 2016). Qaraldi: 31 июля 2021.
  6. „Sculpture of cat phenomenon ʻTombili’ inaugurated in Istanbul“ (en-US). Hurriyet Daily News. Anadolu Agency (4 октября 2016). Qaraldi: 31 июля 2021.
  7. „Sculpture of Istanbul’s social media phenomenon cat Tombili stolen“ (en). Daily Sabah (8 ноября 2016). Qaraldi: 31 июля 2021.
  8. „Sculpture of iconic Istanbul cat ʻTombili’ stolen“ (en). Hurriyet Daily News (8 ноября 2016). Qaraldi: 31 июля 2021.
  9. „Stolen statue of beloved Istanbul cat returned“ (en). The BBC (10 ноября 2016). Qaraldi: 1 мая 2017.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]