Tomáš Hübschman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tomáš Hübschman
Hübschman Shakhtar Donetskda, 2011-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tomáš Hübschman
Tavallud sanasi 4-sentyabr 1981-yil (1981-09-04) (42 yosh)
Tavallud joyi Prague, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Himoyachi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jablonec
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1998 Sparta Prague
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999 Zlín 6 (0)
1999—2004 Sparta Prague 81 (0)
2000—2001Jablonec (ijara) 29 (0)
2004—2014 Shakhtar Donetsk 164 (4)
2014— Jablonec 168 (4)
Milliy terma jamoa
2001—2003 Chexiya U21 8 (0)
2001—2014 Chexiya 58 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 31-yanvar uchun)

Tomáš Hübschman (talaffuzi: Tomash Xyubshman; 1981-yil 4-sentabrda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, FK Jablonec jamoasida oʻynaydi. Markaziy himoya hamda yarim himoya amplualarida oʻynay oladi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sparta Prague[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hübschman besh yoshida Sparta Pragueda, yoshlar safida oʻynashni boshlagan va 1998-yilda oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. 2004-yilning yozida Shakhtar Donetskga qoʻshilgan. Hübschman 2001—2002-yilgi mavsumda Jablonecga ijara asosida qoʻshilganidan keyin tanilgan. 2002-yilda Spartaga qaytib keldi va 2002—2003-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida 11 ta oʻyin oʻtkazdi. 2003—2004-yilgi mavsumda klub bilan Chempionlar ligasining 2003—2004-yilgi final bosqichiga chiqqan. Ichki kubok finalida ashaddiy raqiblar Baník Ostravani 2:1 hisobida magʻlub etib, mavsumni Chexiya kubogi gʻolibi sifatida yakunlashdi

Shakhtar Donetsk[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz vatanidagi bir necha muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Hübschman 3 million yevro evaziga „Shakhtar“ga oʻtdi. Jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi va dastlabki ikki mavsumida klub ikkita liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2009-yilda UEFA kubogi chempioniga aylandi.

Baumit Yablonec[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning iyulida Hübschman klub bilan ijaraga olinganidan 13 yil oʻtib, Baumit Jablonecga qaytdi va uch yillik shartnoma imzoladi[1].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hübschman Chexiyani turli yoshlar darajasida himoya qilgan va 2001-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida oʻz mamlakatining 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi sardor boʻlgan. Shuningdek, 2002-yilda UEFA U21 chempionatida Chexiya terma jamoasi bilan gʻolib chiqqan[2]. Keyin UEFA Yevro-2004da milliy terma jamoada oʻynadi. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida bir nechta oʻyinlarda ishtirok etdi

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hübschman 2011-yilda „Shakhtar“da oʻynagan

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-iyul, 2013-yil
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jablonec 2000—2001 Chexiya birinchi ligasi 29 0 - - 29 0
Sparta Prague 2001—2002 Chexiya birinchi ligasi 27 0 11 0 - 38 0
2002—2003 Chexiya birinchi ligasi 29 0 - - 29 0
2003—2004 Chexiya birinchi ligasi 25 0 - - 25 0
Jami 81 0 11 0 - 92 0
Shakhtar Donetsk 2004—2005 Vyshcha Liha 21 1 4 0 10 1 - 35 2
2005—2006 Vyshcha Liha 16 0 2 1 6 0 1 0 25 1
2006—2007 Vyshcha Liha 17 0 4 0 7 1 1 0 29 1
2007—2008 Vyshcha Liha 19 0 6 1 7 0 - 32 1
2008—2009 Ukraina Premyer-ligasi 22 1 3 0 14 1 1 0 40 2
2009—2010 Ukraina Premyer-ligasi 18 0 1 0 1 1 - 30 1
2010—2011 Ukraina Premyer-ligasi 14 0 5 0 2 0 1 0 28 0
2011—2012 Ukraina Premyer-ligasi 20 1 1 0 1 0 1 0 28 1
2012—2013 Ukraina Premyer-ligasi 9 0 3 0 6 0 1 0 18 0
2013—2014 Ukraina Premyer-ligasi 4 0 1 0 - 1 0 5 0
Jami 158 3 29 2 75 4 6 0 268 9
Jami faoliyati 268 3 29 2 86 4 6 0 389 9

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sparta Prague

Shakhtar Donetsk

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Официально: Хюбшман — игрок Яблонца“ (uk). football.ua (2014-yil 9-iyul). Qaraldi: 2014-yil 23-oktyabr.
  2. „European U-21 Championship 2002 - Final Tournament Details“. RSSSF. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]