Tolish xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tolish xonligi — Ozarbayjondagi tolishlar davlati. Nodirshoh davlati parchalanishi natijasida 18-asr oʻrtasida Kaspiy dengizining jan.gʻarbiy sohilida barpo etilgan. Asoschisi — Sayd Abbos, mahalliy mulkdorlardan boʻlgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Gara taxtga oʻtirgan (1747—86). Iqtisodiyoti asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan; xonlik poytaxti Lenkoran savdo va xunarmandchilik markaziga aylangan. Eron tomonidan qilinayotgan doimiy tajovuzlar tufayli Tolish xonligi tashki siyosatda Rossiya bilan yaqinlashishga harakat qilgan. 1795 y. xon Mir Mustafo Rossiyadan homiylik qilishini soʻrab murojaat qilgan. 1802 y. Tolish xonligini Rossiya oʻz vasiyligiga olgan. 1828 y.gi Turkmanchoy bitimiga koʻra, esa Rossiya Tolish xonligini butunlay oʻz hududiga qoʻshib olgan.