Teks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tolaning chiziqli zichligidan yoʻnaltirildi)

Teks (lot. texo — toʻqiyman, oʻrayman), tolaning chiziqli zichligi — tola yoki ipning chizikli zichligini ifodalaydigan kattalik, tola massasining tola uzunligiga nisbati. Tolaning sifat koʻrsatkichi. Xalqaro birliklar sistemasi boʻyicha T. (g/km)larda oʻlchanadi. 1T=1g/km=1 mg/m. T. soni 1 km tola uzunligiga necha g massa toʻgʻri kelishini koʻrsatadi. Tolaning chizikli zichligi 1 T.dan kichikroq boʻlsa, kilometrga milligramm (mg/km)da yoki milli T.larda (mteks) belgilanadi. Kalava iplar va iplarning chizikli zichligi 1000 T.dan katta boʻlsa, kilogramm (kg/km)da yoki kiloteks (kteks)da belgilanadi; 1 teksq1000 mteksq0,001 kteks.