Tokkata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tokkata (ital. toccata — tegish, zarb) — asosan, klavishli musiqa cholgʻular uchun yozilgan virtuoz musiqa asari. 16-asrda Italiyada paydo boʻlib, dastlab badiha shaklidagi prelyudiya (A. va J.Gabriyeli va boshqalar), keyinchalik konsert asari sifatida (I.Froberger, D. Bukstexude va boshqalar) rivoj topdi. I.S.Bax ijodida qad. T. janri oʻz badiiy choʻqqisiga koʻtarildi (organ uchun — re minor T. va fugasi mashhur). 20-asrda fortepiano (K.Debyussi, S.Prokofyev, F.Buzoni,A.Xachaturyan va boshqalar) va organ (M.Reger va boshqalar) Tlar bilan birga orkestr (A.Malyavskiy), skripka va orkestr (I.Stravinskiyning skripka va orkestr uchun konsertning lqismi) paydo boʻldi. Oʻzbekistonda I. Akbarov, X.Izomov, G. Mushel va boshqa fortepiano, organ uchun T.lar yaratganlar.