Kontent qismiga oʻtish

Tokio masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Tokio masjidi
yaponcha: 東京ジャーミイ
Mamlakat Yaponiya
HududTokio
JoylashuviShibuya
Yoʻnalishisunniy
Meʼmoriy uslubIslom meʼmorchiligi
Usmoniylar meʼmorchiligi
MeʼmorHilmi Şenalp
Qiymati1 milliard iyena
Binokorlik1998—1938 (birinchi inshoot)
2000 (hozirgi inshoot)
Gumbazlar soni1
Gumbazlar soni1
Gumbaz balandligi23.25 m (76.3 ft)
Minoralar soni1
Minoralar soni1
Minoralar balandligi41.48 m (136.1 ft)
Sayt[tokyocamii.org Rasmiy sayt]

Tokio masjidi (yaponcha: 東京ジャーミイ), Tokio Camii nomi bilan ham tanilgan, Tokioning Shibuya shahri Ōyama-chō hududida joylashgan masjid. Yonida turk madaniyati markazi mavjud. Yaponiyadagi eng katta masjid hisoblanadi.

Dastlab 1938-yilda bunyod etilgan, hozirgi bino esa 2000-yilda qurib bitkazilgan. Masjid turk meʼmori Hilmi Şenalp tomonidan Usmoniylar uslubida loyihalangan.

Masjid dastlab 1938-yil 12-mayda unga tutash maktab bilan birga Oktyabr inqilobidan soʻng Yaponiyaga Rossiyadan kelgan boshqird va tatar muhojirlari tomonidan qurilgan. Inshoot masjidning birinchi imomi Abdurrashid Ibrohimbek va Abdulhay Qurbon Ali rahbarligida bunyod etilgan. 1986-yilda masjid konstruksiyadagi jiddiy shikastlanishlar sababli buzib tashlangan.

Turkiyaning Diniy ishlar boshqarmasi rahbarligi va koʻmagi ostida 1998-yilda yangi bino qurilishi boshlangan. Binoning meʼmori Hilmi Şenalp edi. Bezaklar Usmoniylar uslubiga asoslangan. Taxminan 70 nafar turk hunarmandi yakuniy bezak ishlarini amalga oshirgan, anchagina miqdorda marmar Turkiyadan olib kelingan. Qurilish ishlari 2000-yilda yakunlangan, qiymati – tax. 1.5 milliard iyena. Masjidning ochilish marosimi 2000-yil 30-iyunda boʻlib oʻtgan[1].

Tokio masjidining maydoni 734 m2 boʻlib, yertoʻla qavati va 3 ta yer usti qavatidan iborat. Umumiy pol maydoni 1,477 m2. Asosiy gumbazi 23.25 metr (76.3 ft) balandlikda boʻlib, 6 ta ustun bilan koʻtarib turiladi. Uning yonida joylashgan minora esa 41.48 metr (136.1 ft) balandlikda[2].

Binoning birinchi qavati umumiy hudud, ikkinchi qavati esa namozxona hisoblanadi. Unda mehrob va minbar joylashgan. Minbar – imom xutba oʻqishi uchun moʻljallangan baland zinapoyali joy[3].

Usmoniy masjidlarida tasvirlangan ranglar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokio masjidining ichki va tashqi qismida oq va firuza ranglari keng qoʻllanadi. Ushbu masjid Usmoniylar meʼmorchiligi asosida modellashtirilgani bois ishlatiladigan ranglar butun inshoot boʻylab aks etadi. Ranglardan foydalanish usuli ham shunga mos ravishda takrorlanadi. Firuza qadimgi Eron davrlaridanoq muqaddaslik ramzi sifatida qaraladigan rang hisoblanadi[4]. Minbar va mehrobning ikkisi ham oq marmar bilan qoplangan[5].

Ushbu inshoot xuddi shu Usmoniylar meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan boshqa bir masjid Koʻk masjidga juda ham oʻxshaydi[6]. Masjidni oʻrab turgan koʻplab derazalar bino ichkarisini tabiiy ravishda, pastroq qilib osilgan qandillar orqali esa sunʼiy ravishda yoritadi[5].

  1. „New Tokyo Mosque opens“. The Japan Times (2000-yil 1-iyul).
  2. „Japan's largest mosque completed in Tokyo“. Kajima News & Notes (2000). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 26-fevral.
  3. „arxiv nusxasi“ [Tokyo Camii Mosque Japan] (ar). Japan Halal TV | ジャパンハラールTV ハラール特化型インターネットテレビ局. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  4. Mahdi Nejad, J; Zarghami, E; Sadeghi Habib Abad, A (2018-03-14). "A study on the concepts and themes of color and light in the exquisite islamic architecture". Journal of Fundamental and Applied Sciences 8 (3): 1077. doi:10.4314/jfas.v8i3.23. ISSN 1112-9867.
  5. 1 2 Namiri, Mahsa Esmaeili; Sani, Rafooneh Mokhtarshahi (2017). "Symbolic Meaning of Colours in Safavid and Ottoman Mosques" (en). Journal of Shi'a Islamic Studies 10 (1): 91–123. doi:10.1353/isl.2017.0003. ISSN 2051-557X.
  6. Kantar, Billur Mine „The Blue Interpretation of Art: The Blue Mosque“.