Toʻlqin Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tojiyev Toʻlqin Joʻrayevichdan yoʻnaltirildi)
Toʻlqin Tojiyev
Tavalludi 13-aprel 1936-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Vafoti , Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1959-
Mukofotlari

Toʻlqin Joʻrayevich Tojiyev (1936. 13.4, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1959—96 yillar Hamza teatrida aktyor. Asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N. Gogol, "Revizor"), Edgar, Yago (U. Shekspir, "Qirol Lir", "Otello"), Mansur va Jomiy (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy"), Orif (I. Sulton, "Imon"), Abdullatif (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Jontoy (Ch. Aytmatov, "Sarvqomat dilbarim") va boshqa Yago — uning sahnadagi eng murakkab, ayni vaqtda eng muvaffaqiyatli rollaridan biri. U yaratgan obrazlarida har bir qahramonga xos xarakter, uning tashqi koʻrinishi va ichki kechinmalarini ochib berishda aktyor mahoratining barkamolligi koʻzga tashlanadi. Chuqur psixologik talqin, ijtimoiy xarakterning oʻtkirligi, yorqin milliy kolorit Tojiyev ijodiga xos. Tojiyev kinodagi rollari bilan ham tanilgan: Jurjoniy ("Abu Ali Ibn Sino"), Hakim ("Ikkinchi bahor"), Mahmud ("Mahallada duvduv gap"), Quddus ("Besh ogʻaynilar"), Omon ("Bu yerdan chegara oʻtadi", 3 kismli), Togʻayev ("Siz kimsiz?"), Qodirov ("Qora baliq izi", besh qismli, "Lenfilm"), Hasanov ("Hayot sening qoʻlingda") va boshqa Tojiyev dublyaj sanʼati ustalaridan. Radioda "Tabassum" eshittirishi, "Qarmoq" satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Dublajda ovoz bergan filmlari

"Qilich va qalqon" (SSSR filmi, 1960);

"Alvon yelkanlar" (SSSR filmi, 1962);

"Ahmed qayerda?" (Ozarbayjon filmi, 1963);

"Ayoz bobo" (SSSR filmi, 1964);

""Ы" operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari" (SSSR filmi, 1965);

"Arshin mol olon" (Ozarbayjon filmi, 1965);

"U zamonlar o'tib ketdi" (Gruziya filmi, 1965);

"Avtomobildan saqlaning" (SSSR filmi, 1966);

"Alovuddinning sehrli chirog'i" (SSSR filmi, 1967);

"Kavkaz asirasi" (SSSR filmi, 1967);

"Finist sarlochin" (SSSR filmi, 1967);


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]