Tojipolvon Aʼloyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tojipolvon Aʼloyev (1890 Toshkent — 1964.3.4) — Oʻzbekiston xalq polvoni (1946). Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 14 yoshida paxta zavodida yuk tashuvchi boʻlgan. Fargʻonacha kurash bilan shugʻullangan. Kurash yoʻllarni ustozi Ahmad Polvonsan oʻrgangan. 1919 yili Turkistonda oʻtkazilgan klassik kurash bahsida 1oʻrinni egallagan. 1930 yildan davlat sirklari markaziy boshqarmasida, 1942 yildan oʻzbek sirkida oʻz mahoratini namoyish qila boshladi. Keyinchalik "Paxtakor" sport jamiyatida bir necha marta kurash musobaqalarini oʻtkazgan. Koʻplab kurashchi polvonlar tayyorlagan.