Tojikiston qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tojikiston qoʻy zoti - yarim dagʻal jun beradigan dumbali qoʻy zoti. 1947—64 yillar davomida Tojikiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot intining Daganakiyik eksperimental xoʻjaligida akademik Gʻ.A.Aliyev rahbarligida va qator chorvadorlar ishtirokida hisori sovliklarini saraji qoʻchqorlari bilan chatishtirish va olingan sarajihisori duragayi qoʻchqorlari bilan linkolnhisori duragayi sovliklarini chatishtirib chiqarilgan. Hisori qoʻyiga xos yiriklik, mustahkam konstitutsiya, erta yetiluvchanlik, yuqori goʻshtdorlikyogʻdorlik kabi qimmatli xoʻjalik belgilarini saqlab qolish bilan birgalikda, qoʻylarda jun mahsulotini oshirish va sifatini yaxshilash kabi qoʻshimcha koʻrsatkichlar ham oʻz ifodasini toptan. Qoʻchqorlarining tirik vazni 90—100 (baʼzan 140), sovliqlari 70–75 kg. Qoʻchqorlaridan 3,5—4,0, sovliklaridan 2,5—2,7 kg jun olinadi. Juni kokilsimon tuzilishga ega, sal toʻlqinsimon, yaltiroq, pishiqligi, qayishqoqligi va elastikligi bilan ajralib turadi. Kokillarining uzunligi qoʻchqorlarida 18— 21, sovliqlarida 15—16 sm. 65—72% toza jun chiqadi. Serpushtligi 100 ona qoʻydan 100—110 qoʻzi olinadi.

Bu zot qoʻylari, asosan, Tojikistonda va qisman Oʻzbekistonda koʻpaytirib boqiladi. Oʻzbekistonda mazkur zotdan dagʻal junli dumbali jaydari qoʻy zotlarini yaxshilash uchun foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vorobyev P.A., i dr., Ovsevodstvo, kozovodstvo i texnologiya proizvodstva shersti i myasa, M., 1989; Vasilyev N.A. i dr., Ovsevodstvo i texnologiya proizvodstva shersti i baranini, M., 1990.

Abdusattor Amirov.