Tojikiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
| Davlat |
|
|---|---|
| Kod | TJK |
| Tashkil etilgan | 1992 |
| Rasman tan olingan | 1993 |
| Qit’a assotsiatsiyasi |
OCA |
| Joylashuvi | Dushanbe, Tojikiston |
| Prezident | Emomali Rahmon |
| Bosh kotib | Bahrullo Rajabaliyev |
| Vebsayt | [P856] |
Tojikiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi – xalqaro olimpiya harakatida Tojikiston tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. Qoʻmita 1992-yilda tashkil etilgan boʻlib, Tojikistonning Olimpiya oʻyinlari bilan bogʻliq faoliyatini boshqaradi. Qoʻmita idorasi Dushanbe shahrining markazida, Sadriddin Ayniy koʻchasida joylashgan.
Hozirda Tojikiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga Bahrullo Rajabaliyev (prezident) va Shirinjon Mamadsafoyev (bosh kotib) rahbarlik qilmoqda[1].
Tojikiston mustaqil davlat sifatida Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari mamlakatning toʻrtinchi ishtiroki hamda ilk Olimpiya medallari qoʻlga kiritilgan musobaqa boʻldi: dzyudo boʻyicha 73 kg vazn toifasida Rasul Boqiyev bronza medalini, erkin kurash boʻyicha 84 kg vazn toifasida esa Yusup Abdusalomov kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Tojikiston oʻz tarixidagi ilk bor oltin medalni qoʻlga kiritdi. Erkaklar oʻrtasida bosqon uloqtirish bahsida Dilshod Nazarov orqali qoʻlga kiritdi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Olimpiya oʻyinlari tashkilotiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |