Tojikiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tojikiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari

Tojikiston

AQSh

Tojikiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari — Tojikiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro diplomatik aloqalar 1992-yilda oʻrnatilgan.

2012-yil maʼlumotlariga koʻra, tojikistonliklarning 44 foizi AQSh rahbariyatining xatti-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi, 38 foizi ularni rad etadi va 18 foizi oʻz pozitsiyasiga qaror qilmagan[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diplomatik aloqalarni oʻrnatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil 25-dekabrda AQSh birinchilardan boʻlib Tojikiston mustaqilligini tan oldi.

1992-yil 16-martda AQShning Tojikistondagi Muvaqqat vakili Edmund MakVilliams AQShning Dushanbedagi muvaqqat elchixonasini rasman ochdi.

1992-yil mart oyida „Avesto“ mehmonxonasida birinchi elchixona ochildi, ammo 1992-yil oktabr oyida fuqarolik urushi boshlanganligi sababli elchixona oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi.

1993-yil mart oyida AQShning Tojikistondagi birinchi elchisi Stenli Eskudero Oliy Kengashning oʻsha paytdagi raisi Imomali Rahmonovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Harbiy-texnik hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshma Shtatlarning harbiy yordami 2000-yillarda kuchaygan, ammo yildan-yilga yordam hajmi kichrayib borgan: 2005-2006-yillarda tojik-afgʻon chegarasidagi 15 ta postlarni rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va jihozlash uchun qariyb 40 million dollar ajratilgan. 2011-yilda Tursunzoda shahrida Tojikiston qurolli kuchlariga askar tayyorlaydiga oʻquv markazi ochilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. U.S. Global Leadership Project Report — 2012
  2. Кудратов К. А. Отношения Республики Таджикистан с Соединенными Штатами Америки и проблемы безопасности // Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: История, филология. — 2014. — Т. 13. — № 4. — С. 218—219