Tohirxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tohirxon
qozoqcha: Тахир хан
Qozoq xonligi 6-xoni
Oʻtmishdoshi Mamashxon
Vorisi Bauishxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1486
Qozoq xonligi
Vafoti 1533
Qirg'iziston
Bolalari Sulamish xonzoda
Onasi Sulton Nigor xonim
Otasi Adik sulton
Dini Islom
Janglari To'rg'ay jangi

Tohirxon (taxminan 1533-yil vafot etgan) — Joʻjixon avlodidan boʻlgan Katta juz xoni. Adik sultonning oʻgʻli, Jonibeknpng nabirasi. T. hokimiyati turli davrlarda Markaziy Qozogʻiston, Yettisuv, Qirgʻiziston, Ili oʻlkasiga qadar yoyilgan. 1524-yil T. mangʻitlar tomonidan Dashti Qipchoqsan siqib chiqarilgan, oʻz navbatida, Yettisuv va Qirgʻizistondan moʻgʻullarni quvib yuborgan. 1526-yil T.ning markaziy hokimiyatni mustahkamlash yoʻlidagi siyosatidan norozi boʻlgan qozoqlar qoʻzgʻolon koʻtarib uni tark etganlar. T. qirgʻizlar bilan qolgan va Qirgʻizistonda qalmoklarga qarshi Jatan qalʼasini qurdirgan. 1529-yil uning hukmronligi ostida yana 20—30 ming qozoq boʻlgan. T.ning vorisi 1533-yilda manbalarda qayd etilgan Buydashxon boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Materiali po istorii kazaxskix xanstv XVXVIII vv., AlmaAta, 1969.