Kontent qismiga oʻtish

Tohira Mazhar Ali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tohira Mazhar Ali
Tavalludi
Tohira Hayot

1924-yil 5-yanvar
Vafoti 23-mart 2005-yil(2005-03-23)
(81 yoshda)
Lahur, Pokiston
Fuqaroligi Pokiston va Britaniya Hindistoni
Kasbi Ayollar huquqlari himoyachisi
Turmush oʻrtogʻi Mazhar Ali Xon
Bolalari Tariq Ali
Otasi Sikandar Hayot Xon

Tohira Mazhar Ali (qizlik familiyasi Hayot; 1924-yil 5-yanvarda tugʻilgan — 2005-yil 23-martda vafot etgan) — pokistonlik ayollar huquqlari himoyachisi, siyosiy faol shaxs, Benazir Bhuttoning murabbiyi. Siyosiy faol Tariq Ali, Tausif Hayot va avstraliyalik jurnalist Mohir Alining onasi[1][2][3].

Tohira Mazhar Ali 1924-yil 5-yanvarda Britaniya Hindistonining Lohur shahrida[1] dunyoga kelgan. Uning otasi Britaniya Raj davrida Panjobning sobiq bosh vaziri boʻlgan siyosatchi Sikandar Hayot Xon (1892–1942) edi. Mazhar Ali Sardor Shavkat Hayot Xon (1915–1998) va Begum Mahmudа Salim Xonning (1913–2007) singlisi boʻlgan[4].

Mazhar Ali Lahurdagi Queen Mary maktabida boshlangʻich taʼlim olgan. 17 yoshida amakivachchasi, sotsialistik qarashlarga ega boʻlgan „The Pakistan Times“ gazetasi jurnalisti va muharriri Mazhar Ali Xon[5] (1917–1993) bilan oila qurgan[3][6].

Mazhar ALi Pokiston Kommunistik partiyasi[5] asoschilaridan biri boʻlgan va eri bilan birga Progressive Papers Ltd (PPL) tarkibida ham faoliyat yuritgan[7][8].

U general Muhammad Ziyo ul-Haq diktaturasiga qatʼiy qarshi chiqqani uchun qamoqqa olingan. Mazhar ALi Pokistonda birinchi boʻlib ishchilar huquqlari uchun kurashni ayollar huquqlari uchun kurash bilan bogʻlagan, Ziyoning ayollar huquqlariga hujumiga qarshilik koʻrsatgan[2][9]. U badavlat oilada tugʻilganiga qaramay, 60 yildan ortiq vaqt davomida ishchilar va ayollar huquqlari faoli boʻlib qolgan. 1950-yilda u mamlakatning ilk mustaqil ayollar huquqlari tashkiloti deb eʼtirof etiladigan Demokratik ayollar assotsiatsiyasi (DWA) asoschilaridan biri edi[10]. Pokistonda ilk bor Xalqaro xotin-qizlar kuni uning rahbarligi ostida nishonlanib, ayollarga teng maqom va huquqlar berilishi ochiqchasiga talab qilingan[1]. 1971-yilda Mazhar ALi Sharqiy Pokistondagi (hozirgi Bangladesh) urushga qarshi norozilik bildirgan kichik guruh tarkibida boʻlgan[10].

Mazhar Ali hayotining keyingi yillarida uni qisman falaj holatga keltirgan bir qator ogʻir insultlarni boshidan kechirgan. U, shuningdek, koʻplab taniqli pokistonlik ayollar uchun murabbiylik ham qilgan[2].

Vafoti va merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohira Mazhar Ali 2005-yil 23-martda Lohurda vafot etdi[1][11][5]. Tajribali pokistonlik jurnalist va inson huquqlari faoli Ibn Abdurahmon „Dawn“ gazetasida uning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirib, Mazhar Alini „chinakam faol“ deb atagan hamda ayollar huquqlari yoʻlidagi ishlari va Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlarini tilga olgan[1].

  1. 1 2 3 4 5 Xari Jalil. „Tahira Mazhar Ali’s death a profound loss to many“. Dawn (newspaper) (2015-yil 24-mart). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  2. 1 2 3 Omar Waraich. „Tahira Mazhar Ali: Women's rights campaigner who was the mother of Tariq Ali and acted as mentor to Benazir Bhutto“. Independent (UK newspaper) (2015-yil 29-mart). 2022-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  3. 1 2 „Tahira Mazhar Ali Khan, 1925-2015“. The Friday Times (newspaper) (2015-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  4. Shaukat Hayat Khan 'The Nation that Lost its Soul: Memoirs', Lahore, 1993
  5. 1 2 3 „Veteran leftist activist Tahira Ali laid to rest“ (en). The Express Tribune (2015-yil 24-mart).
  6. „MEMORABLE ROMANCE: Tahira & Mazhar Ali Khan – Good Times“. www.goodtimes.com.pk.
  7. „Tahira Mazhar Ali Khan - A Woman Extraordinaire“. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  8. „Tahira Mazhar Ali Khan: the end of an era“. Daily Times (2015-yil 13-aprel).
  9. „Torchbearer for a progressive politics“ (en). The Indian Express (2015-yil 28-mart).
  10. 1 2 „Tahira Mazhar Ali“ (en). www.thenews.com.pk.
  11. „Tahira Mazhar Ali – an unflinching Leftist“ (en). DAWN.COM (2015-yil 17-may).

== Adabiyotlar ==

[tahrir | manbasini tahrirlash]