Alkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Togʻziradan yoʻnaltirildi)

Alkor, togʻzira (Athamanta macro-phylla) — ziradoshlar oilasiga mansub oʻq ildizli koʻp yillik rezavor oʻsimlik. Boʻyi 1-2 m. Yoshiga qarab har yili bit-tadan 15 tagacha poya chiqaradi. Barglari murakkab, qalin. Toʻpgullari soyabon, mu-rakkab, poyasining uchida joylashgan. Har bir soyabonchada 20 tacha gul boʻladi. Ildi-zi yoʻgʻon. Urugʻlari mayda, tuxumsimon, uz. 4-6 mm. A. iyun — iyulda gullaydi, avgust- sentabrda urugʻi pishadi. Oʻrta Osiyo florasi uchun endemik hisoblanadi. Oʻzbekistonda 1500-2800 m balandlikdagi togʻ yonbagrlarida oʻsadi. Toshkent, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo vilo-yatlarida tarqalgan. A., ayniqsa, uning urugʻi, guli va barglari xushboʻy efir moylariga nihoyatda boy (1,67%). Shuning uchun A.ni mahalliy aholi rezavor 349oʻsimlik sifatida taomga ishlatadi. A. qoʻshilgan sut mahsulotlari uzoq vaqt (15-20 kun) gacha achimaydi. Uning so-yada yoki oftobda quritilgan bargi va urugʻlari bodring, pomidor, karam, olma, qovun, tarvuz va boshqalarni tuzlash uchun ishla-tiladi. A.ning oʻziga xos xushboʻy hidi uzoq saqlanib turadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil