Togʻjumrut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Togʻjumrut (Rhamnus) - chilonjiydadoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi, doim yashil daraxtlar yoki butalar turkumi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. Amerikada oʻsadigan 150 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Jan. Sibir, Uzoq Sharqda daryolar, koʻllar qirgʻoqlarida, jarliklarda, togʻ yon bagʻirlarida, togʻ oʻrmon mintaqalarida 19 turi oʻsadi. Novdalari tikanli. Barglari oddiy, yumaloq yoki choʻziq. Gullari ikki jinsli. May—iyun oylarida gullab, iyul—avg .da meva tugadi. Mevasi shirali, danakli, sersuv, qora, eti yashil yoki binafsha rang . Yogʻochi sargʻimtirqizgʻish, qattiq, tigʻiz, ogʻir. T.ning tikanli (R. catharticus), Pallas (R. pallasii) va boshqa turlari koʻkalamzorlashtirishda, yashil devor uchun ekiladi. Poʻstlogʻi, bargi, mevasida boʻyoq moddalari bor. Imertin Togʻjumrut (R. imertinus) mevasi surgi dori sifatida qoʻllaniladi. Urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi.