Elmurod Togʻayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elmurod Qalandarovich Togʻayev (1947.14.11, Ishtixon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2001). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1973). 1973-yildan Ishtixon tumanidagi maktablarda, 1997-yildan litsey maktabida kimyo oʻqituvchisi. II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1996).