Toblash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toblash (metallurgiyada) — material (asosan, metall) larga termik (issiqlik) ishlovi berish; material (mas., poʻlat)ni yuqori tragacha (mas., 1600° gacha) qizdirib, shu trada maʼlum vaqt tutib turish va tez sovitish. Materialning yuqori traga xos holatini saqlab qolish yoki uni sekin sovitilganda yuz berishi mumkin boʻlgan zararli jarayonlarning oldini olish (soʻndirish) uchun amalga oshiriladi. T. yuqori tradagi barqaror holati past tradagi barqaror holatidan farq qiladigan (mas., kristall strukturadagi) materiallar uchun yaraydi. T. natijasida hosil boʻladigan strukturalar faqat nisbiy jihatdangina barqaror boʻladi, qizdirilganidan keyin barqarorroq holatga oʻtadi. Metallar (shu jumladan, eskirtirilgan metallar), ularning qotishmalari, shisha, suyuq holatdagi moddalar va boshqa tabiiy sharoitda yoki muayyan texnologik jarayonlarda toblanadi. Materiallar ichida eng koʻp toblanadigan metall poʻlat hisoblanadi (qarang Poʻlatni toblash).