To quyosh sochgayki nur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To quyosh sochgayki nur
Muallif(lar) Ibrohim Gʻafurov (nashrga tayyorlovchi va masʼul muharrir)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i maqolalar, adabiy oʻylar, xotiralar va sheʼriyat talqinlari
Nashriyot „Oʻzbekiston“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016
2018
Sahifalar soni 512 (2018)
ISBN ISBN 978-9943-28-560-6 (2018)

„Erkin Vohidov saboqlari“, toʻliq nomi „To quyosh sochgayki nur: Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida“  — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitob.[1] Ilk bor 2016-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan. 2018-yil qayta nashr etilgan. Toʻplamni Ibrohim Gʻafurov nashrga tayyorlagan, unga kiritilgan maqolalarni Rustam Mirvohid hamda Temur Mirzayev toʻplagan. Kitobga Umarali Normatov, Anvar Obidjon, Hamidulla Boltaboyev, Xurshid Doʻstmuhammad, Iqbol Mirzo hamda Ashulari Joʻrayev taqrizchilik qilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: L. Igamova – muharrir, B. Zufarov – rassom dizayner, T. Xaritonova – texnik muharrir, G. Yeraliyeva – kichik muharrir, G. Aripova va D. Xusanova – musahhihlar, L. Abkerimova – kompyuterda tayyorlovchi. Kitob adadi – 5 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Erkin Vohidovga haykal oʻrnatiladi“. Kun (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.