Sofya Toʻyboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻyboyeva Sofya Erjonovnadan yoʻnaltirildi)

Sofya Erjonovna Toʻyboyeva (1913.30.1, Qozogʻiston, Gʻazali sh. — 1996.25.10, Dushanba) — aktrisa, tojik milliy teatri asoschilaridan. Tojikiston xalq artista (1941). 20-yillarda Buxorodagi maktab havaskorlari, keyinroq mahalliy oʻzbek teatri spektakllarida qatnashgan. 1929—31 yillar Hamza teatrida, 1931-yildan Lohutiy nomidagi drama teatri aktrisasi. Julyetta ("Romeo va Julyetta"), Luiza ("Makr va muhabbat"), Dezdemona ("Otello"), Lyubov Yarovaya ("Lyubov Yarovaya"), Shi Pin ("Tayfun"), Sarvara ("Ona hukmi") kabi rollari bilan tanilgan. Kinoda Mehriniso xola ("Men bir qizni uchratdim"), Bonu ("Shoir qismati"), Saidabonu ("Oʻgʻlim uylanish yoshida"), ona ("Zumrad"), Xodima ("Kul ostidagi choʻgʻ"), Nigoroyim ("Mehrobdan chayon", "Oʻzbekfilm") va boshqa obrazlar yaratgan. 1968—84 yillar Tojikiston teatr jamiyati raisi boʻlgan.