Toʻxta, toʻxta, shoshmagin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“
„Original“ qoʻshigʻi
Janr pop-rok
Davomiyligi 4:23
Matn muallif(lar)i Davron Gʻoipov
Bastakor(lar) Davron Gaipov

Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“ („Toʻxta-toʻxta, shoshmagin“ oʻlaroq ham yoziladi[1]) — „Original“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Davron Gʻoipov yozgan. „Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“ guruh va Davron Gaipov repertuaridagi eng taniqli kompozitsiyalarning biridir[2].

Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda va guruh, jumladan, Jasur Gʻoipov, Rustam Gʻoipov hamda „Original“ nomini olgan yangi musiqiy guruh kaver qilgan. Shuningdek, qoʻshiq oʻzbek havaskor gitarachilari orasida ommalashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]