Toʻti baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻti Baliqlardan yoʻnaltirildi)

Toʻti baliqlar, skarsimon baliqlar (Scaridae) — olabugʻa baliqlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uzunligi bir necha oʻn sm dan 2 m gacha va baʼzan koʻproq. Oldingi tishlari birlashib, toʻti tumshugʻiga oʻxshash shaklni hosil qiladi (nomi shundan). Bunday "tumshuq" qar qaysi jagʻda ikkitadan boʻladi. Baʼzan tashki qoziq va oziq tishlar ham bor. Chiroyli rangli, oʻsish davomida rangini bir necha marta oʻzgartiradi. 10 urugʻi, 80 turi maʼlum. Tropik dengizlardagi korall riflarida yakka yashaydi. Kechasi shilimshiq moddadan iborat gʻilofga oʻralib oladi; kunduzi faol hayot kechiradi. Germafrodit. Korallar va mollyuskalar bn oziqlanadi. Tishlari yerdamida riflarni uzib olib, chaynab maydalaydi.