Toʻsunsoy rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻsunsoy rasmlari - Nurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar, sanʼat obidasi. Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hududida. 1977-yilda arxeolog O. Rostovsev, T. Omonjulov, G. Vafoyev, I. Ivanitskiylar tomonidan topilgan. 1986-yilda arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan oʻrganilgan. Mil. av. 2ming yillikning oxiri — 1ming yillikka mansub, keyingi davrlarda yaratilgan rasmlar ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyum bn soya, shakl koʻrinishi, oddiy chiziklar uslubida uriboʻyib ishlangan. Yakka holda alohida ishlangan odamlar, ot, it, echki, tuya, kiyik, toʻngʻiz, boʻri, krplon va boshqalarning rasmlari koʻpchilikni tashkil qiladi; ov manzaralari, ot va tuya mingan chavandozlar tasvirlari ham uchraydi; koʻp lavha va tasvirlar romb shaklidagi belgi bn birga ishlangan. Ayrim qad. rasmlar usti keyingi davrlarda yaratilgan birmuncha yangi shakllar bn krplangan. Toʻsunsoy rasmlari tasviriy sanʼat asari, arxeologik obida va tarixiy manba sifatida katta axamiyatga ega.