Toʻrt taktli dvigatel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻrt Taktli Dvigateldan yoʻnaltirildi)

Toʻrt taktli dvigatel - ish sikli porshennnig toʻrt yurishida, yaʼni tirsakli valning ikki marta aylanishida bajariladigan ichki yonuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorptl va dizel xillarga boʻlinadi. Karbyuratorli Toʻrt taktli dvigatel da. yonuvchi aralashma silindr tashqarisida tayyorlanadi, dizel dvigatelida esa silindr ichida hosil boʻladi.

Bir silindrli, 4 taktli dizel dvigateli quyidagicha ishlaydi (rayem): kiritish taktida (rayem, o) porshen Gʻ yuqorigi chekka nuqta (YUCHN) dan pastki chekka nuqta (PCHN) ga harakatlanadi; bunda chiqarish klapani 3 berk boʻladi, kiritish klapani 2 esa ochilib, qavo tozalagich 4 dan silindrga kiradi. Silindrga havo qancha koʻp kirsa, yonilgʻi shuncha koʻp yonadi va quvvati oshadi. Siqish taktida (rayem, b) porshen PCHN dan YUCHN ga harakatlanadi; bunda kiritish 2 va chiqarish 3 klapanlari berkilib, silindr ichidagi havo qisiladi, takt oxirida havoning bosimi siqish darajasining kattaligiga qarab 3—4 MPa (30—40 kgkuchGʻsm2)ga, temperaturasi 750—950° gacha yetadi. Porshen YUCHN ga kelish oldidan yonilgʻi nasosi 6 yuqori bosim ostida haydagan yonilgʻini forsunka 5 mayda zarralar tarzida purkaydi. Ish yoʻli taktida (rayem, v) yonilgʻining mayda zarralari qizigan havoga duch kelib, oʻzoʻzidan alangalanadi. Bunda ikkala klapan ham berk boʻladi. Yonilgʻihavo aralashmasi yonib, katta miqdorda issiklik ajraladi, gazsimon holatga aylanib kengayadi va silindr ichida gaz temperaturasi 2000° ga, bosimi esa 8 MPa (80 kgkuchGʻsm2) ga yetadi. Natijada gaz bosimi porshenni YUCHN dan PCHN ga harakatlantiradi. Chiqarish taktida (rayem, g) porshen PCHN dan YUCHN ga harakatlanadi; bunda kiritish klapani 2 berk, chiqarish klapani 3 ochiq boʻlib, ish bajargan gazlar chiqarish klapani orqali atmosferaga chiqib ketadi. Ish sikli shu tartibda qaytariladi. Toʻrt taktli dvigateld. avtomobil, traktor, samolyot, kemalarda ishlatiladi.