Toʻra Sulaymon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toʻra Sulaymon (1934.15.2, Baxmal tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning oʻzbek filologiyasi ftini tugatgan (1964). "Guliston", "Sirdaryo haqiqati" gaz.larida xodim. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasinin! Sirdaryo viloyati boʻlimida masʼul kotib (1972—77), adabiy maslahatchi (1977—81). Ijodi 50-yillardan boshlangan. Ilk sheʼrlar toʻplami — "Istar koʻngil" (1962). "Qorasoch" (1965) dostoni taniqli ijodkorlar, tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. "Men qayga borar boʻlsam" (1965), "Jahrngashta" (1970), "Hamqishloqlarim" (1973), "Intizor" (1973), "Sirdaryo qoʻshiqlari" (1974), "Iltijo" (1976), "Alhazar" (1976), "Toʻyboshi" (1977), "Sizni eslayman" (1980), "Qorakoʻzginam" (1981), "Gulshan" (1988), "Sarvinoz" (1990), "Xarsang" (1994), "Jahonnoma" (1996), "Gul bir yon, chaman bir yon" (1996), "Yovqochdi" (1998), "Sayhon" (2003), "Mamlakatning tayanch nuqtasi" (2004) kitoblari nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq qilingan. Toʻra Sulaymon xilmaxil janrlarda qalam tebratadi. Shoirning sof lirik sheʼrlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yoʻlida bitilgan, oʻz davrining dolzarb masalalariga bagʻishlangan, voqelikni qad. baxshilar nazari bn koʻrib, oʻxshatma yoki nazira shaklvda yozilgan asarlari ham oʻziga xos xalqchilligi bn ajralib turadi. Ayniqsa, "Ergash Jumanbulbul el kezadi" turkumidagi baxshiyona sheʼr va dostonlari oʻzbekning milliy gʻururini tiklashga munosib hissa qoʻshgan asarlar sirasiga kiradi.

Toʻra Sulaymonasarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bngina emas, tasvirdagi samimiyat, oʻxshatishlarning oʻziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil. Uning ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bagʻishlangan publitsistik maqolalari ham bor ("Mamlakatning tayanch nuqtasi", maqolalar toʻplami, 2004).