Toʻqqizoʻgʻuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻqqizoʻgʻuz, tugʻizoʻgʻuz (qad. turkiycha oʻgʻuz — qabila) — qad. turkiy qabila ittifoqlaridan biri. T.oʻ. (seyanto) qabila ittifoqining asosini 9 qabila — seyanto, uygʻur, payegu, tunlo, xun, xusye, atye va boshqa tashkil qilgan. Ular hozirgi tiva, oltoy, telengut, uygʻur xalklarining ilk ajdodlari hisoblanadi. 6-asr oxiri — 7-asr boshlarida yirik qabila ittifoqlaridan tele oʻz mustaqilligi uchun Turk xoqonligip qarshi kurash olib borgan. Bir qismi esa, Gobi sahrosining shim.ga, Tolo daryosi (Lena daryosining yuqori oqimlaridan biri) boʻylariga koʻchib kelib, Yangi Tele xoqonligini tashkil etishgan. Bu xoqonlikni seyanto qabilasi boshqargan. T.oʻ. hukmronligidagi xoqonlikka Moʻgʻuliston va Tuva yerlari kirgan. 7-asr oʻrtalarida T.oʻ. tarkibidagi uygʻurlar kuchayib, ular hukmron rol oʻynagan. 8-asr oʻrtalarida uygʻur va qarluqlarning toʻxtovsiz hujumlari natijasida Turk xoqonligi yengilgan. Markaziy Osiyoning gʻarbiy qismi uygʻurlar qoʻliga oʻtgan. Uygʻur qabila ittifoqi bir qancha qabilalarni, jumladan, T.oʻ.larni ham birlashtirgan. Ilk oʻrta asrlarda uygʻur qabilalari ittifoqi T.oʻ. deb atalgan. Uygʻurlarning ilk ajdodlari tele qabila ittifoqi tarkibida boʻlgan. Keyinchalik kuchayib 663 yilda 1mustaqil Uygʻur xoqonligini barpo etgan. Lekin ularning mustaqilligi uzoqqa bormaydi. Uygʻurlar Sharqiy Turk xoqonligiga tobe boʻladilar. 2Turk xoqonligi inqirozga uchragach, uygʻurlar 8-asr oʻrtalarida yirik uygʻur xoqonligini tashkil qilib, hozirgi Moʻgʻulistonning katta qismiga egalik qiladilar. Basmil, kisman qarluqlar (asosan, Xangay togʻi oldida yashovchilar) uygʻurlar tasarrufida boʻlganlar. 840 y. qirgʻizlar T.oʻ. larga (uygʻurlarga) qattiq talafot yetkazganlar. Shundan keyin uygʻurlar bir necha guruxlarga boʻlinadilar. Bularning bir qismi Shim. Xitoygacha, 2qismi Beshbaliq va uning atroflarigacha, 3qismi Turfon vohasiga kelib joylashib, kichik Uygʻur davlatini barpo etadilar.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.