Toʻlqin Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻlqin Yoʻlchiboyevich Ibrohimov (1952.04.6, Toshkent viloyati Chirchiq shahri) — ilgʻor transport xodimi, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Mehnat faoliyatini 1973-yildan Toshkent teplovoz deposida mashinist yordamchisi sifatida boshlagan. Toshkent teplovoz deposi teplovoz mashinisti yordamchisi (1973—75), mashinisti (1977-88), 1988-yildan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining "Oʻzbekiston" lokomotiv deposida 1-klass teplovoz mashinisti. I. mehnat faoliyati davomida teplovozlarning joriy taʼmir davrini uzaytirish, yoqilgʻini tejash, harakat xavfsizligini taʼminlash, yuk tashish topshiriqlarini benuqson oshi-rib bajarishda muhim yutuqlarga erishdi.