Toʻldiruvchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, T. 2 xil boʻladi; vositasiz T. va vositali T. Vositasiz T. tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obʼyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroklariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali T. joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakatholat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Maye: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yozdi.