Toʻy qoʻshiqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'y Qo'shiqlaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻy qoʻshiqlari — marosim folklori sirasiga kiradigan va toʻy marosimlarida ijro etiladigan qoʻshik,lar. Toʻy qoʻshiqlari nikoh toʻyi, sunnat toʻyi, beshik toʻyi, ism toʻyi kabi tizimlarga ega. Oʻzbek Toʻy qoʻshiqlarining asosiy qismini nikoh toʻyi qoʻshiklari tashkil etadi. Nikoh toʻylari xilmaxil irimsirim, rasmrusumlarga boy boʻlib, ularning har bir uzvida maxsus aytim va qoʻshiqlar muhim ahamiyatga ega. Yoryor, yoryor yoroney, kelin salom, kuyov salom, oʻlan, toʻy olqishlari Toʻy qoʻshiqlarining yetakchi janrlari hisoblanadi. Oʻzbek Toʻy qoʻshiqlari alohida bir tizim boʻlib, undagi har qaysi janrning umummarosim tarkibida muhim oʻrni va vazifasi mavjud.