Azamat Toʻxtayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azamat Ramziddinovich Toʻxtayev (1946.25.4, Toshkent) — meʼmor. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademigi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1991). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash ilmiy tadqiqot institutida loyihalovchi, katta meʼmor, loyiha bosh meʼmori, guruh rahbari, direktor (1963 93). Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi "Oʻzinterqurilish" firmasida bosh direktor (1993— 95), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998 — 2000), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2000-yildan).

Toʻxtayev Oʻzbekiston va boshqa davlatlardagi bir qancha bino loyihalari muallifi: Issiqkoʻldagi dam olish uyi (1968), Qarshidagi musiqali drama teatri (1976), Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi interyeri (1978). Oʻzbekiston Respublikasi banklar assotsiatsiyasi binosi (1998— 2000) va boshqa "Mehnat shuhrati" ordeni bn mukofotlangan (1999).