Toʻrt Shabboz majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'rt shabboz majmuasidan yoʻnaltirildi)

Toʻrt shabboz majmuasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (taxminan 18421885). Dishan qalʼa hududidagi qabristonining jan.da (Bogʻcha darvoza yaqinida) joylashgan. Muhammad Rahimxon II buyurtmasiga koʻra, usta Hasanquli Azizon rahbarligida qurilgan. Rivoyatga koʻra, 3 akauka avliyo (Nizomiddin, Aloviddin, Sharofiddin) va Xiva xoni Asfandiyorxon (1643 y. v. e.) sharafiga „toʻrt shavvoz“ deb nomlangan (magʻalliy talaffuzda „shavvoz“ „shabboz“ga aylangan).

Hozir qabriston hududiga qoʻshib yuborilgan. Ularning qabrlari chinor tagida boʻlgan (saklanmagan), ammo bu yer hozir ziyoratgoh hisoblanadi. Toʻrt Shabboz majmuasim.da 3 Madrasa, masjid, minora, maqbara va hovuz joylashgan. Katta maydon oʻrtasida hovuz (12x12 m), atrofiga daraxtlar ekilgan. Markazi (jan.)dagi masjid (18,0x12,0 m) 4 ustunli, 9 gumbazli, bir tomoni ayvonli. Ustunlar oʻyma naqshlar bn bezatilgan. Masjid eshigi tepasidagi marmar taxtachada xorazmlik usta Muhammad Nazarboy ismi va buyurtma vaqti (1874) oʻyib yozilgan. Masjid yaqinidagi minora (asosining diametri 2,5 m) gʻishtdan bezakli qilib koʻk sirkori shakllar bn bezatilgan. Qafasasiga ravoqchalar ishlanib, tepasi muqarnas bezaklar bn yakunlangan. Bunday bezaklar madrasa peshtogʻida qam uchraydi. Toʻrt Shabboz majmuasim. shim.sharqida Tillaboy madrasasi (1871), sharqsa Asfandiyorxon madrasasi, jan.sharqiy burchagida Xudoybergan karvonboshi qurdirgan Madrasa (1875) saqlangan.