Toʻrqovoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'rqovoqdan yoʻnaltirildi)

Toʻrqovoq — sayroqi qushlar boqiladigan qafasning bir turi. Suvqovoqning ost qismi yoki yupqa fanerdan doira shaklida taglik yasalib, uning gardishiga ip toʻr toʻqiladi va T.ning ogʻzini berkitadigan surma ip oʻtkaziladi. Gardishda suvdon uchun teshikcha ochiladi. Toʻr tarang turishi uchun metall sim yoki yogʻochdan yelka, T.ni osib qoʻyish uchun ilgak oʻrnatiladi. T.ga qush solinganidan keyin toʻr ogʻzi surma ip tortib maxdam bogʻlanadi. T.da, asosan, sayroqi bedanalar saqlanadi. Toʻrqovoq.