Toʻramon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'ramondan yoʻnaltirildi)

Toʻramon, Toromana (?—515) — eftaliplar sardori (490—515). Mil. 5-asr oʻrtalarida eftaliylar xioniylar (oq hunlar) bn ittifoq tuzganlar. Oʻrta Osiyoni zabt etgach, ular Kobul vodiysidagi kushonshohlar mulkini tobe etib, Hindistonga yurish boshlagan va u yerdagi soʻnggi yirik quldorlik davlati — Guptalar davlatini bosib olishga kirishganlar (490). 5-asr oxiri — 6-asr boshida T. bu davlatning katta qismini bosib olishga erishgan. T. Markaziy Hindistondagi Malava viloyatini egallab olgan. Shu tariqa eftaliylarning hind tarmogʻi Shim.Gʻarbiy Hindistonda yarim mustaqil davlat tuzgan, u qarorgohi Buxoro yaqinidagi Poykendsa boʻlgan eftaliylarning oliy hukmdoriga maʼlum maʼnoda qaram boʻlgan. T.ning oʻgʻli Mixirakula Shakala sh. (hozirgi Sialkot)ni oʻziga poytaxt qilgan.