Toʻra Sulaymon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'ra sulaymondan yoʻnaltirildi)
Toʻra Sulaymon
Tavalludi 2-mart 1934-yil
Baxmal
Vafoti 2005-yil
Guliston

Toʻra Sulaymon (1934.15.2, Baxmal tumani — 2005-yil, Guliston[1]) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning oʻzbek filologiyasi ftini tugatgan (1964). „Guliston“, „Sirdaryo haqiqati“ gaz.larida xodim. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasinin! Sirdaryo viloyati boʻlimida masʼul kotib (1972—1977), adabiy maslahatchi (1977—1981).

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻra Sulaymon 1934-yil 15-fevral kuni Jizzaxning Baxmal tumani, Yoyilma qishlogʻida tugʻilgan. 1936-yilda Mirzachoʻlga koʻchirma qilingach, sirdaryolik boʻlib olgan[2]. U oʻz tarjimai holida quyidagilarni yozadi:

Mening qaysi yili tugʻilganim aniqmas. Enamning aytishlariga qaraganda, oʻzimning qachon maktabga borib, qachon roʻzgʻor ishlari bilan kattalarday jiddiy shugʻullana boshlaganimni eslasam, tugʻilgan yilim oʻttiz ikkinchiga toʻgʻri keladi. Bunday deyishimning sababi quloq qilinganimizda enamning qoʻlida boʻlgan ekanman.

— Toʻra Sulaymon, in

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻra Sulaymon oʻrta maktabni 1952-yilda tugatgach, maktablarda oʻqituvchilik qilgan. U 1958—1964-yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan oʻqib bitirgan. Avval „Guliston“ nomli tuman, soʻng „Sirdaryo haqiqati“ nomli viloyat gazetalarida masʼul kotib boʻlib ishlagan. 1972—1977-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyatining masʼul kotibi, 1986-yildan umrining oxirigacha esa adabiy maslahatchi boʻlib xizmat qilib keldi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodi 50-yillardan boshlangan[3]. Ilk sheʼrlar toʻplami — „Istar koʻngil“ (1962). „Qorasoch“ (1965) dostoni taniqli ijodkorlar, tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. „Men qayga borar boʻlsam“ (1965), „Jahrngashta“ (1970), „Hamqishloqlarim“ (1973), „Intizor“ (1973), „Sirdaryo qoʻshiqlari“ (1974), „Iltijo“ (1976), „Alhazar“ (1976), „Toʻyboshi“ (1977), „Sizni eslayman“ (1980), „Qorakoʻzginam“ (1981), „Gulshan“ (1988), „Sarvinoz“ (1990), „Xarsang“ (1994), „Jahonnoma“ (1996), „Gul bir yon, chaman bir yon“ (1996), „Yovqochdi“ (1998), „Sayhon“ (2003), „Mamlakatning tayanch nuqtasi“ (2004) kitoblari nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq qilingan. Toʻra Sulaymon xilmaxil janrlarda qalam tebratadi. Shoirning sof lirik sheʼrlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yoʻlida bitilgan, oʻz davrining dolzarb masalalariga bagʻishlangan, voqelikni qad. baxshilar nazari bn koʻrib, oʻxshatma yoki nazira shaklvda yozilgan asarlari ham oʻziga xos xalqchilligi bn ajralib turadi. Ayniqsa, „Ergash Jumanbulbul el kezadi“ turkumidagi baxshiyona sheʼr va dostonlari oʻzbekning milliy gʻururini tiklashga munosib hissa qoʻshgan asarlar sirasiga kiradi.

Toʻra Sulaymon asarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bngina emas, tasvirdagi samimiyat, oʻxshatishlarning oʻziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil. Uning ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bagʻishlangan publitsistik maqolalari ham bor („Mamlakatning tayanch nuqtasi“, maqolalar toʻplami, 2004).

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir 2005-yil vafot etgan va Gulistonda dafn qilingan[1].

Uy-muzeyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi tashkil etilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]