Toʻra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'radan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻra, toʻru (tora, toru) — 1) qonun, qoida, intizom, urfodat. Qad. turkiylar ijtimoiy hayotini tartibga solgan majburiy qoida (norma)lar majmui. Turkiy davlatlarda hukmdorning burch va majburiyatlari, vazifasi, shuningdek, jamiyatdagi huquq va jazoni belgilash T. asosida amalga oshirilgan. T. soʻzi "qonun" maʼnosida ilk bor xitoy yilnomalarida (4-asr) uchraydi. Shuningdek, UrxunYenisey bitiktoshlarida Turk xoqonligining qonunlari sifatida tilga olinadi. Bilga xoqon bitiktoshida "toʻy marosimi" maʼnosida qayd etilgan. Chingizxon tomonidan joriy etilgan koʻchmanchilarga xos huquqiy odatlar ham qad. turkcha T. asosida belgilangan. Moʻgʻul davlatining qonunqoidalari Chingizxon yasosida, Temuriylar saltanati tartibintizomlari esa, "Temur tuzuklari"da oʻz ifodasini topgan; 2) janob, shahzoda maʼnosida ishlatilgan. Ota tomonidan Muhammad paygʻambar avlodlari, ona tomondan esa Chingizxon avlodlari — oqsuyaklar toifasidan boʻlganlar T. deb atalgan; 3) Buxoro amirligi va xonligida amir va xon oʻgʻillari hamda Turkistonda rus podshosi maʼmurlari ismsharifiga qoʻshib aytilgan atama; 4) qad. davrlarda urushlarda ishlatiladigan, odam boʻyi keladigan qalqon.