Toʻqtayxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'qtayxondan yoʻnaltirildi)
Toʻqtayxon
Xon

Toʻqtayxon va uning amakivachchalari Temur, Chabar va Oʻljaytu (14-asr).
Oltin Oʻrda xoni
Saltanat 1291–1312
Oʻtmishdoshi Tula bugʻa
Davomchisi Oʻzbekxon
Tugʻilishi tax. 1270
Vafoti tax. 1312
Turmush oʻrtogʻi Buluqxon xotun
Tukuncha qoʻngʻirot
Maria Palaiologina
Uy Borjigin
Otasi Mangu Temur
Onasi Olju Xotun qoʻngʻirot
Dini Shamanizm

Toʻqtayxon, Toʻxta (? taxminan 1312) — Oltin Oʻrda xoni. Botuxonning nabirasi Mangu Temur va Oʻljoy xotunning oʻgʻli. 1288-yil Oʻrdadagi hokimiyatni idora qilayotgan amakivachchalari tomonidan kuvilgan. T. panoh izlab Noʻgʻay oldiga borgan, u T.ning raqiblarini makkorlik bn huzuriga chaqirtirib qatl etgan va xonlik taxtiga T.ni oʻtqazgan (1291). Biroq oz fursatdan soʻng, T. bn Noʻgʻay orasida nizo chiqib, oʻzaro kurash boshlangan. 1293-yil T.ning birodari Doʻdan Noʻgʻayga yonbosgan rus knyazlari mulklarini talontoroj qilgan. 1300-yil T. Noʻgʻayni uzilkesil magʻlubiyatga uchratib, Volgadan Dunaygacha boʻlgan yerlarni oʻz hokimiyati ostiga birlashtirgan. Ammo T.ning faol tashqi siyosat yuritishga boʻlgan saʼyharakati zoye ketgan. U elxonlardan Gʻozonxonge. tegishli boʻlgan Arron va Ozarbayjonni qoʻlga kirita olmagan. T.ning hukmronlik davrida mulkdorlarga qarshi olib borilgan harakat, 1310 yilda oʻtkazilgan pul islohoti ijobiy rol oʻynagan. T. faoliyati, asosan, saltanat ichki siyosatini barqarorlashtirishga qaratilgan. T. rus yerlariga yangi harbiy yurishga tayyorgarlik chogʻida vafot etgan.