Toʻqqalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'qqal'adan yoʻnaltirildi)

Toʻqqalʼa — arxeologik yodgorliklar majmuasi (mil. av. 4-asrmil. 13-asr). Nukus sh.dan 14 km shim.gʻarbda, kichik tabiiy Toʻqtov tepaligida joylashgan. Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali tarix, til va adabiyot institutining Toʻqqalʼa arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan (1958— 65). Yodgorlik antik, ilk oʻrta asr shahar xarobasi qoldiqlari va qabristondan tashkil topgan. T.ning qad. qismida qalʼa qoldiqlari, burjlar, xonalar (eni 3 m, uz. 5,5 m), yoʻlaklar chiqqan. Sopol buyumlariga koʻra, T.ning bu qismi mil. av. 4—2-asrlarga oid. U antik Xorazmning shim.gʻarbiy hududlaridagi davlat chegara istehkomi boʻlgan. Qalʼa harbiy harakatlar paytida vayron etilgan. Bir oz tanaffusdan soʻng T.da hayot qayta jonlangan, turar joylar vujudga kelgan. Shim.gʻarbiy devor oʻrtasidagi xonalar ostidan sopol quvurlar topilgan. T.dan, shuningdek, 78-asrlarga oid sopol idishlar, temirdan yasalgan mehnat qurollari, mis tangalar (aksariyati Kardor hukmdori Xusravga taalluqli, shuningdek, Xorazmshohlar va Sugʻd tangalari) chiqqan. Ular Kardor madaniyatining soʻnggi bosqichiga oid. Qabriston Toʻqtov tepaligining sharqiy va shim. yonbagʻirlarida joylashgan.

Undan koʻplab ossuariylar topilib, uning devorlarida xorazmiy yozuvida bitilgan qabr yozuvlari (epitafiya), turli diniy ramzlar saqlangan (mil. 7-asr oxiri — 8-asr). Ossuariylar ustida oʻrta asr (8-asr 2 yarmi — 14-asr) qabristoni joylashgan.

Shixnazar Matrasulov.