Toʻpchi qoʻngʻizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'pchi qo'ng'izlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻpchi qoʻngʻizlar (Brachininae) -toshqollar oilasiga mansub qoʻngʻizlar kenja oilasi. Tanasining uz. 5–20 mm, rangi yaltiroq yoki chipor. 500 dan koʻproq turi bor. Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi uchraydi. Qurtlari boshqa hasharotlar tanasida parazit. Toʻpchi qoʻngʻizlar xavf tugʻilganda anal teshigidan suyuq modda otib chiqaradi. Suyuklik havo bn aralashganda qirsillagan ovoz chiqaradi (nomi shundan). Ovoz va sassiq tutun Toʻpchi qoʻngʻizlarni dushmandan himoya qiladi.