Toʻngra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'ngradan yoʻnaltirildi)

Toʻngra, tongra — ilk oʻrta asrlarda Moʻgʻulistonda yashagan turkiy qabila. Ushbu etnonim dastlab qad. turk bitiktoshlarida (7—8-asrlar) T., ilk oʻrta asrlarga taalluqli xitoy yilnomalarida esa tunlo shaklida uchraydi. Ushbu manbalardagi maʼlumotlardan ularning Tola va Kerulen daryolari oraligʻida yashaganligi maʼlum boʻladi. Jumladan, xitoy yilnomalarida tunlo (T.)lar syeyanto (sirtardush)lardan shim.da, dolange (telengut)lardan sharkda istiqomat qiladigan urugʻ sifatida koʻrsatiladi.

T.larni koʻpchilik tadqiqotchilar bitiktoshlardagi maʼlumotlarga asoslanib oʻgʻuzlarning bir urugʻi boʻlgan deb, hisoblashadi. Chunonchi, bitiktoshlarda Turk xoqonligi (552—745) 715 yilda oʻgʻuzlarga qarshi besh marotaba jang qilgan paytda uchinchi jang T.lar bn boʻlib oʻtganligi va ularning magʻlub etilgani qayd etiladi. Xitoy yilnomalarida esa T.lar telelarning 9 qabilasidan biri sifatida qayd etiladi. Shuningdek, T.larning uygʻurlarni tashkil qilgan 15 ta qabiladan biri ekanligi gʻam taʼkidlab oʻtiladi. Ushbu maʼlumotlardan T.larning yaqin qardosh qabilalar — oʻgʻuzlar va uygʻurlar bn birgalikda tele (toʻlas) qabilalar uyushmasining biri boʻlganligi maʼlum boʻladi.

Ad.Xoʻjayev A., Xoʻjayev K., Qadimgi manbalarda xalqimiz oʻtmishi, T., 2001.