Toʻnga turon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'nga turondan yoʻnaltirildi)

Toʻnga turon (xitoy yilnomalarida Tunlo Dulan, Yun Yuylyuy (Yun Ulugʻ)) — Turk xoqonligi hukmdori (588-600).

Ishbara xoqon (581-587)ning oʻgʻli, Bumin xoqonnivg evarasi. Uning davrida ashina xonadoni aʼzolari oʻrtasida ichki kurashlar avjga chiqqan boʻlsada, hukmdorligining oxirgi yillarida Xitoyga qarshi bir necha marotaba muvaffaqiyatli safar uyushtirilgan. Shuningdek, xoqonlik 2 qismga Gʻarbiy va Sharqiy Turk xoqonligiga boʻlinib ketish arafasida boʻlgan. Ayniqsa, Istami yabgʻuning oʻgʻli Tardu (Qorachoʻrin Turk) xoqon (576603) xoqonlikning gʻarbiy qismida yakka hokimlik oʻrnatishga va Ishbara xoqonning hukmdorligini tan olmaslikka harakat qiladi va birmuncha muvaffaqiyatga erishadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gumilev L.N., Drevniye tyurki, M, 1967.