Toʻngʻiztaroqdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'ng'iztaroqdoshlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻngʻiztaroqdoshlar (Dipsacaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub tutashtojbargli oʻsimliklar oilasi. Asosan, oʻtlardan iborat. Yer yuzida 10 turkum, 300 turi bor. Oʻzbekistonda 4 turkumga mansub 12 turi usadi. T., asosan, choʻl, adir va togʻ mintaqalarida tarqalgan. Choʻl va adirlarda Scabiosa olivieri, S rhodantha turlari uchraydi, togʻlarda esa manzarali Scabiosa songarica usadi. Ayrim turlari begona oʻt.