Toʻlinoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'lin oydan yoʻnaltirildi)

Toʻlinoy — Oy Yer atrofida aylanayotib, Quyoshga qarama-qarshi holatiga oʻtayotganda koʻrinadigan holati. Toʻlinoy osmonda yangi oy koʻringandan keyin 13 kunda koʻrinadi, shunda 15 kunlik (anigʻi 14,765 kunlik) oy koʻrinishida boʻladi. Bu holatda Yerdagi kuzatuvchiga Oyning Quyosh tomonidan yoritilgan yarim sferasi toʻla koʻrinadi. Toʻlinoy holatida Oy Yerning soyasi tomonida boʻlganida, baʼzan u bilan toʻsiladi, bunday paytda Oy tutilishi sodir boʻladi.