Toʻgʻri burchakli uchburchak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'g'ri burchakli uchburchakdan yoʻnaltirildi)
a, b - katetlar. c - gipotenuza. γ - toʻgʻri burchak

Toʻgʻri burchakli uchburchak — Bitta burchagi toʻgʻri, yaʼni 90° (yoki radian) boʻlgan uchburchak. Bunday uchburchakda toʻgʻri burchak qarshisidagi tomon gipotenuza, qolgan ikki tomon esa katetlar deyiladi.

Xossalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻgʻri burchakli uchburchak boshqa uchburchaklardan farqli xossalarga ega.

Birinchi xossa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻgʻri burchakli uchburchakning qolgan ikkita burchagi oʻtkir boʻlib, ularning yigʻindisi 90° ga teng.

Ikkinchi xossa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻgʻri burchakli uchburchakning katetlaridan biri gipotenuzaning yarmiga teng boʻlsa, u katet qarshisidagi burchak 30° li boʻladi.

Uchinchi xossa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻgʻri burchakli uchburchakning gipotenuzaga tushirilgan medianasi gipotenuzaning yarmiga teng.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]