Tmutarakan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tmutarakan — Taman ya.o.dagi Taman stanitsasi yaqinidagi qad. rus shahri. 8—9-asrlarda T. oʻrnida Xazar xokonligita. tobe boʻlgan Tamatarxa qishlogʻi joylashgan. Xazar xoqonligi 965 y. Kiyev knyazi Svyatoslav Igorevich tomonidan tormor etilgach, Tamatarxa oʻrnida T. vujudga kelgan. U bu yerda tashkil topgan Tmutarakan knyazligining siyosiy markazi boʻlgan. T. yirik savdo shahri sifatida rus knyazliklari, Shim. Kavkaz xalklari va Vizantiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar olib borgan. T.da kasoglar, greklar, alanlar, ruslar va armanlar yashagan. 10-asrda T. gʻishtdan ishlangan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan. 1023 y. T.da xukmronlik qilgan knyaz Mstislav Vladimirovich Bogoroditsa cherkovini qurdirgan. 12-asrda polovetslar (qipchoklar) zarbalari ostida T.ning rus yerlari bilan aloqasi uzilgan. T.da arxeologik qazish ishlari 19-asrdan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan.